«Fulxem» yarim himoyachisi Sander Berge «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» 28 yoshli futbolchini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor variantlardan biri sifatida belgilab olishdi. Manchesterliklar rahbariyati norvegiyalik futbolchining transferi 40 million funt sterling (47 million yevro)dan arzonroqqa tushishiga ishonmoqda.
Sander Bergening «Fulxem» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. «Transfermarkt» portalining baholashicha, xavbekning transfer narxi 25 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» safiga «Chelsi»dan Andrey Santos va «Aston Villa»dan Yuri Tilemans kabi yarim himoyachilar kelib qo‘shilgan edi.













