Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahs natijasini belgilab bergan hal qiluvchi omil sifatida to‘pga egalik qilishni ko‘rsatdi.
Nemis mutaxassisi inglizlar gol urganidan so‘ng deyarli to‘psiz o‘ynashganini ta’kidladi.
"Menimcha, to‘pni ushlab turish juda muhim. Bu, ehtimol, bizning futbol DNKmizga Ispaniya yoki Argentina-Braziliya DNKsidagi kabi singib ketmagan", - deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Uning qo‘shimcha qilishicha, to‘psiz raqib pressingidan chiqib ketish imkonsiz. Argentinaliklar esa jismoniy jihatdan yaxshiroq tayyorlangan ko‘rindi, buning ustiga, ingliz jamoasi futbolchilari ham ko‘plab noaniq uzatmalarga yo‘l qo‘yishdi.
Angliya 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va endi bronza medali uchun Fransiya bilan bahslashadi.













