«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Fabian Ruis klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Mashhur insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bitimga yana bir yilga avtomatik tarzda uzaytirish imkoniyati ham kiritilgan.
Fabian Ruis 2022 yilning yozidan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. 30 yoshli ispaniyalik futbolchining Liga 1 grandi bilan amaldagi shartnomasi bir yildan kamroq vaqt ichida o‘z nihoyasiga yetadi.
Ruis allaqachon yakshanba kuni Jahon chempioniga aylanishi mumkin — finalda Ispaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.













