Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

"Barselona"ga "An-Nasr" hujumchisini ijaraga olish taklif qilindi

"Barselona"ga "An-Nasr" hujumchisini ijaraga olish taklif qilindi

Baho:
+ | -

"Barselona"ga "An-Nasr"ning kolumbiyalik hujumchisi Jon Duranni o‘z safiga qo‘shib olish taklif etildi. Futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Zenit"da ijara asosida o‘tkazgan edi.

Diario SPORT xabariga ko‘ra, "Barselona" sport direktori Dekuga 22 yoshli Duranni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish taklif qilingan. Klub bu imkoniyatni istisno etmayapti, biroq "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares haligacha ustuvor maqsad bo‘lib qolmoqda.

Ta’kidlanishicha, Duran avvalroq Turkiyaga ko‘chib o‘tishga yaqin turgan bo‘lsa-da, hozircha "Galatasaroy" bilan kelisha olmayapti. Ayni damda hujumchi uchun asosiy da’vogar sifatida "Benfika" ko‘rilmoqda.

"Zenit" tarkibida Duran to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, penaltidan ikkita gol urgan.

Kiritildi: 13:27, 17.07.2026.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик