Londonning "Tottenxem" klubiga tegishli bo‘lgan shvesiyalik yarim himoyachi Lukas Bergvall boshqa bir ingliz klubi — "Nottingem Forest" safiga o‘tishi mumkin.
The Telegraph xabariga ko‘ra, "o‘rmonchilar" skandinaviyalik futbolchining transferi bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda, chunki birinchi taklif "shporlar"ni qanoatlantirmagan. "Nottingem Forest" Bergvall uchun taxminan 53 million yevro taklif qilmoqchi. Shvesiyalik futbolchi shu yoz "Manchester Siti"ga o‘tgan Elliot Andersonning o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda.
O‘tgan mavsum APLda 20 yoshli yarim himoyachi 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













