"Botafogo" yarim himoyachi Daniloning "Zenit" yoki "Nyukasl"ga o‘tishini ta’minlash ustida ishlamoqda. Ikkala jamoa ham braziliyalik klub bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-oq-havoranglilar" 25 yoshli futbolchining transferi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor — bu "Botafogo" kutgan summa. Biroq Daniloning "Zenit"ga o‘tishiga futbolchining o‘z faoliyatini yirik Yevropa klubida davom ettirish istagi to‘sqinlik qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda "Nyukasl" Daniloning transferi bo‘yicha rasmiy taklif bermadi, ammo agar "qarg‘alar" yarim himoyachisi Bruno Gimarayns "Arsenal"ga o‘tib ketsa, bu taklif tushishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Danilo va Gimarayns bir agentlar guruhi bilan ishlaydi.
Danilo "Botafogo"da 2025 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 32 million yevroni tashkil etadi.













