«Kristal Pelas» markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta nufuzliroq Yevropa klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, 29 yoshli fransiyalik futbolchi xizmatiga Madridning «Atletiko»si, «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, «burgutlar» futbolchini sotishga tayyor va uni 29,5 million yevroga baholamoqda. Muzokaralar yaqin haftalar ichida faollashishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kristal Pelas» o‘z hujumchisiga 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.
2025/26 yilgi mavsumda Mateta barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marta ishg‘ol qildi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













