Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Aleksandr-Arnold: «Ishonamanki, Mourinyo «Real»ga yangi mavsumda sovrinlar yutishda yordam beradi»

Aleksandr-Arnold: «Ishonamanki, Mourinyo «Real»ga yangi mavsumda sovrinlar yutishda yordam beradi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ishlashning dastlabki kunlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qirollik klubi» portugaliyalik mutaxassis tayinlanganini 11 iyun kuni e’lon qilgan edi.

«Juda ajoyib. Men har doim bu murabbiyga tan berib kelganman. Uning jamoalariga qarshi bir necha bor o‘ynaganman. U va uning jamoasi bilan ishlash — katta zavq. Bu oson emas. Prinsiplar va talablar darajasi juda yuqori. Bir-birimizni qanchalik yaxshiroq bilsak, u bizga shunchalik ko‘p narsani o‘rgata oladi. Buni intiqlik bilan kutyapman. Hammamiz yangi narsalarni o‘rganishga va takomillashishga tayyormiz. Ishonamanki, Mourinyo bizga ko‘p narsani o‘rgatadi va yangi mavsumda sovrinlar yutishimizga yordam beradi», — deya Aleksandr-Arnoldning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Real» matbuot xizmati o‘z rasmiy saytida.

Kiritildi: 17:39, 17.07.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик