«Roma» va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Zeki Chelik «Yuventus» bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Turin klubi matbuot xizmati.
29 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma uch yilga, ya’ni 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
«Yuventus»ga o‘tguniga qadar Chelik 2022 yilning yozidan boshlab «Roma» sharafini himoya qilgan va shartnomasi yakunlangani munosabati bilan 1 iyul kuni jamoani tark etgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 14 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda «Yuventus» 69 ochko jamg‘arib, Italiya A Seriyasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. «Roma» esa 73 ochko bilan uchinchi o‘rinda finishlashga muvaffaq bo‘lgandi.













