Italiyaning «Roma» klubi sobiq hujumchisi va sardori Franchesko Totti 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z o‘yini bilan uni xafa qilgan terma jamoalarni aytdi. Turnir finalida Ispaniya va Argentina jamoalari kuch sinashadi. O‘yin 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
— Turnirdagi eng omadsiz jamoa? Ko‘p narsa kutilgan, ammo umuman o‘xshamagan o‘yin yoki futbolchi?
— Eng avvalo, men Niderlandiya va Germaniyani aytgan bo‘lardim. Ular ancha uzoqroqqa bora oladi, deb o‘ylagandim. Aniq bir futbolchini ajratib ko‘rsatish va uni yomon o‘ynadi, deyish menga yoqmaydi. O‘zim ham futbolchi bo‘lganman va u qanday holatda bo‘lishi mumkinligini tushunaman. Hammasi yomon ketsa, bu butun jamoaning aybi. Shuning uchun biror futbolchini alohida ajratish noto‘g‘ri, — dedi Totti.
Germaniya JCH-2026 ning 1/16 finalida Paragvayga, Niderlandiya esa xuddi shu bosqichda Marokashga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.













