Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi 2007 yilda olingan, unda u olti oylik Lamin Yamalni cho‘miltirayotgan mashhur surat haqida fikr bildirdi. 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari JCH–2026 finalida o‘zaro to‘qnash keladi.
«O‘shanda Lamin hali chaqaloq edi, endi esa biz jahon chempionatida bir-birimizga qarshi maydonga tushamiz. Bu — aqlbovar qilmas holat. O‘sha suratdan keyin ikkimiz ham jahon chempionatida o‘ynayotganimiz haqiqatan ham hayratlanarli», — dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi JCH–2026 finali AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi.













