Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Donald Tramp Angliyaning JCH-2026dagi mag‘lubiyati sabablarini «tahlil qildi»

Donald Tramp Angliyaning JCH-2026dagi mag‘lubiyati sabablarini «tahlil qildi»

Baho:
+ | -

Oq uy rahbari Donald Tramp Angliya terma jamoasining JCH-2026 yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatining ehtimoliy sabablarini tilga oldi. Shu bilan birga, AQSH yetakchisi futbolni unchalik tushunmasligini alohida qayd etdi.

AQSH prezidenti angliyaliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Argentinaga qarshi o‘yin davomida hujumchi Xarri Keynni himoyaga qo‘ymasligi kerak edi, degan fikrga keldi.

«O‘ylaymanki, ular Keynni himoya chizig‘iga qo‘yib, balki xatoga yo‘l qo‘yishgandir. Lekin futbolda nimani ham tushunardim? Bu haqda boshqa izoh bermayman», — dedi Tramp FIFA prezidenti Janni Infantino bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.

U Keyn bilan golf o‘ynaganini eslab, uni ajoyib futbolchi deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, inglizlar o‘yinning 85-daqiqasiga qadar 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq uchrashuv so‘ngida ikkita gol o‘tkazib yuborib, mag‘lubiyatga (1:2) uchrashdi.

Kiritildi: 08:08, 18.07.2026.
O'qildi: 849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик