Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jamoaning finalga qadar bosib o‘tgan «oson» yo‘li haqidagi mavzuga yana bir bor to‘xtaldi. Pley-off bosqichida «Albiseleste» Kabo-Verde, Misr, Shveysariya va Angliya terma jamoalarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Finalda esa argentinaliklar Ispaniya bilan to‘qnash kelishadi.
«Odamlar bu jahon chempionatidagi raqiblarimiz haqida ko‘p gapirishdi, lekin biz kim bilan o‘ynashni o‘zimiz tanlamaganmiz. Masalan, Kolumbiya Portugaliya ustidan ustunlik qildi, keyin esa Shveysariyaga yutqazib qo‘ydi, shu sababli bizga Shveysariya raqib bo‘ldi. Bu og‘ir o‘yin edi. Barcha uchrashuvlar juda qiyin kechadi. Shunchaki maydonga tushib, o‘yinga moslashish kerak», — dedi Emiliano Martines final oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Sovrin uchun hal qiluvchi bahs 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













