Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Janni Infantino JCH-2026ni «insoniyat tarixidagi eng buyuk voqea» deb atadi

Janni Infantino JCH-2026ni «insoniyat tarixidagi eng buyuk voqea» deb atadi

Baho:
+ | -1

FIFA prezidenti Janni Infantino Oq uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvda yakuniga yetayotgan 2026 yilgi jahon chempionatini insoniyat tarixidagi eng buyuk voqea deb atadi.

Birinchi marta jahon birinchiligiga bir yo‘la uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qildi. Shuningdek, turnirda hech qachon 48 ta jamoa bir vaqtda ishtirok etmagan edi.

«Bu nafaqat barcha davrlardagi eng buyuk jahon chempionati, balki insoniyat guvohi bo‘lgan eng buyuk ijtimoiy va madaniy voqeadir», — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi Sky News.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda FIFA rahbari Rossiyada o‘tgan mundial haqida ham xuddi shunday fikrlarni bildirgan edi.

Kiritildi: 08:13, 18.07.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик