Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Argentina terma jamoasiga qarshi bo‘lajak Jahon chempionati finali haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi qadam qoldi. Bu oson bo‘lmaydi. Argentinada ajoyib futbolchilardan iborat kuchli jamoa bor, lekin biz o‘z kuchimizga va o‘z o‘yin uslubimizga ishonamiz. Biz sovrinni qo‘lga kiritishga qodir ekanimizni bilamiz.
Argentinaliklar katta tajribaga ega va hal qiluvchi o‘yinlarda maydonga tushish qanday bo‘lishini juda yaxshi bilishadi. Bizni qiziqarli final kutmoqda, ammo biz tayyormiz. G‘alaba uchun borimizni beramiz. Eng kuchlisi g‘olib chiqsin», — dedi Olmo matbuot anjumanida.













