Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoda katta taassurot qoldirdi.
Diario AS xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritilmagani uni qattiq g‘azablantirgan va yanada ruhlantirgan. Markaziy himoyachi ta’til davomida qattiq mehnat qilgan va mavsumoldi tayyorgarlikning dastlabki kunlaridayoq Mourinyoni o‘z jismoniy holati bilan hayratda qoldirgan. Futbolchi «qirollik klubi»dagi debyut mavsumini unchalik muvaffaqiyatli o‘tkazmaganini biladi, shu bois portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatishga intilmoqda.
Din Xyoysen «Real»ga o‘tgan yili Angliyaning «Bornmut» klubidan o‘tgan edi. Ispaniyalik himoyachining «qaymoqranglilar» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.













