Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Bellingem argentinalik futbolchini nima sababdan urgani ma’lum bo‘ldi

Bellingem argentinalik futbolchini nima sababdan urgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi himoyachisi Valentin Barko 2026 yilgi Jahon chempionati yarimfinalida Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingemni ikki marta provokasiya qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, birinchi holat Enso Fernandes hisobni tenglashtirgan goldan so‘ng yuz bergan. Barko zaxira o‘rindig‘idan yugurib chiqib, golni jamoadoshlari bilan nishonlash o‘rniga Angliya futbolchilari tomon yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, himoyachi golni aynan Bellingem qarshisida nishonlab, ingliz futbolchilari oldida ataylab sakrab, ularni mazax qilgandek harakat qilgan.

Ikkinchi provokasiya esa uchrashuv yakunlanganidan keyin sodir bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, Barko ispan tilida Bellingemga qarata gapirgan va ingliz futbolchisi bu so‘zlarni tushunmaydi, deb o‘ylagan. Biroq Bellingem aytilgan gapni tushungan va bunga javoban argentinalik futbolchining boshiga kafti bilan urgan.

Avvalroq Jud Bellingem sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakati sabab diskvalifikasiya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:56, 18.07.2026.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик