Manbalarning xabar berishicha, 54 yoshli fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan 1 sentyabrdan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Mutaxassisning tayinlangani haqida hali rasman e’lon qilinmagan.
Zidan bungacha terma jamoalar bilan ishlamagan. U 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda Madridning «Real» klubini boshqargan. Fransuz murabbiy «qaymoqranglilar» bilan ikki marta Ispaniya chempionatida va uch marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.
Desham 2016 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassis fransiyaliklarni Jahon chempionati va Millatlar ligasida g‘alabaga yetaklagan.













