Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona»ga o‘tadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchining transferi haqidagi rasmiy e’lon shartnoma bo‘yicha oxirgi hujjatlarni rasmiylashtirish sababli keyingi haftaga qoldirilgan. Futbolchi allaqachon o‘zning yangi jamoadoshlari va kataloniyaliklar klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan uchrashgan, biroq hali shartnomaga imzo chekmagan.
Karim Adeyemi 2022 yilda «RB Zalsburg»dan Dortmundning «Borussiya»siga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi nemis klubi safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













