Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Saliba jarrohlik amaliyotidan qutulib qolishi mumkin

Saliba jarrohlik amaliyotidan qutulib qolishi mumkin

Baho:
+ | -

«Arsenal» markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Jahon chempionati – 2026 yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinni bel qismidagi og‘riq sababli oxirigacha o‘tkaza olmadi. Keyinroq matbuotda fransiyalik futbolchi butun mundialni umurtqa ponasi sinishi bilan o‘tkazgani va endi unga jarrohlik amaliyoti zarurligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Biroq himoyachiga jarrohlik aralashuvi kerak bo‘lmaslik ehtimoli bor. L’Équipe xabariga ko‘ra, davolanish rejasi haqidagi qaror Londonning «Arsenal» klubi tibbiyot shtabi tomonidan kelasi hafta boshida qabul qilinadi. Hozircha davolanishning konservativ (jarrohliksiz) variantiga ustuvorlik berilmoqda.

2026 yilgi Jahon chempionatida Saliba «uch ranglilar» safida oltita o‘yinda ishtirok etdi. Didye Desham jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 01:01, 19.07.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик