Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Romano: «Chelsi» va «Aston Villa» Jeksonning ehtimoliy transferini muhokama qildi

Romano: «Chelsi» va «Aston Villa» Jeksonning ehtimoliy transferini muhokama qildi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hujumchining nomi klublar o‘rtasida so‘nggi bir sutka ichida bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida muhokama qilingan. Birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri Jeksonni «Vilyarreal»dagi birgalikdagi faoliyatidan yaxshi taniydi va uning o‘yin sifatlariga yuqori baho beradi.

O‘tgan mavsumda Jekson «Bavariya» safida ijara asosida to‘p surgan. 25 yoshli senegallik futbolchi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jeksonning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 03:00, 19.07.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик