Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

JCH-2026: Angliya gollar shousida Fransiyani yengib, bronza medallariga ega chiqdi

JCH-2026: Angliya gollar shousida Fransiyani yengib, bronza medallariga ega chiqdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 3-o‘rin uchun kechadigan bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Fransiya va Angliya terma jamoalari AQSHning Florida shtati, Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvni venesuelalik hakam Xesus Valensuela boshqarib bordi. Inglizlar 6:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Angliya yarim himoyachisi Deklan Rays hisobni ochdi. 18-daqiqada himoyachi Ezri Konsa inglizlarning ikkinchi golini urdi. 37-daqiqada Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 45+1-daqiqada esa Saka o‘z nomiga dubl rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 48-daqiqada bir golni ortga qaytardi. 54-daqiqada vinger Bredli Barkola fransiyaliklarning ikkinchi golini urdi. 66-daqiqada Mbappe dubl qayd etib, hisobdagi farqni minimal darajagacha qisqartirdi. 87-daqiqada Saka penaltini aniq amalga oshirib, xet-trik qayd etdi va jamoasining beshinchi golini urdi. 90+6-daqiqada hujumchi Usmon Dembele Fransiyaning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. 90+8-daqiqada esa inglizlar yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘yinning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Shu tariqa, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatining bronza medali sohibiga aylandi. Fransiyaliklar esa to‘rtinchi o‘rinni egallashdi. Turnir g‘olibi Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:09, 19.07.2026.
O'qildi: 1858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик