Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Al-Hilol» Kanseluni «Barselona»ga qo‘yib yuborishga shoshilmayapti

«Al-Hilol» Kanseluni «Barselona»ga qo‘yib yuborishga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluning «Barselona»ga o‘tishi hozircha kechiktirilmoqda.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Saudiya klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi futbolchiga ishonch bildirmayapti, portugaliyalikning o‘zi esa Kataloniyaga qaytishni istamoqda. Biroq Ar-Riyod klubi futbolchini arzonlashtirilgan narxda sotishga rozi emas. «Ko‘k-anorranglilar» transfer uchun 10 million yevrodan kamroq mablag‘ sarflashni rejalashtirishmoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan chiqishganicha yo‘q.

Joau Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Barselona»da ijara asosida o‘ynagan edi. 32 yoshli futbolchining «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:43, 19.07.2026.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик