Fransiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise bir jahon chempionatida qayd etilgan golli uzatmalar soni bo‘yicha Pelening rekordini yangiladi.
19 iyul kuni u JCH-2026 doirasida Angliyaga qarshi kechgan uchinchi o‘rin uchun bahsda ikki bor golli uzatmaga mualliflik qildi.
Endilikda uning hisobida joriy mundialdagi uzatmalar soni yettitaga yetdi.
Shu tariqa, u 1970 yilgi turnirda oltita assist qayd etgan Pelening rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.













