Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Maradonaning o‘g‘li: «Otam — o‘zga sayyoralik, Messi esa insonlar orasida birinchisi»

Maradonaning o‘g‘li: «Otam — o‘zga sayyoralik, Messi esa insonlar orasida birinchisi»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning o‘g‘li Leo Messini otasi bilan solishtirib bo‘lmasligini aytdi.

— Argentina terma jamoasining muvaffaqiyat siri nimada?

— Bu, shubhasiz, ajoyib jamoa va ularning yetakchisi bor kuchi bilan o‘ynaganida, katta farqni yuzaga keltiradi. Ular xarakter, bor kuchini berish va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq tufayli jahon chempionati finaliga yo‘l olishdi. Bunda Messining qo‘shgan hissasidan qat’i nazar — garchi u, shubhasiz, muhim rolni o‘ynagan bo‘lsa-da — jamoaviy ruh yuqori bo‘ldi.

— Ushbu terma jamoa va otangiz jahon chempioni bo‘lgan 1986 yilgi jamoa o‘rtasida o‘xshashlik ko‘ryapsizmi?

— Yo‘q, chunki Messi atrofida qurilgan hozirgi jamoa otamning davridagidan ancha kuchliroq. Bu bilan otamning jamoasini kuchsiz demoqchi emasman, lekin hozirgi tarkib kuchliroq. O‘xshashlikni faqat xarakterda, o‘z vatani sharafini har qanday holatda ham himoya qilish va milliy terma jamoa libosi uchun kurashish ishtiyoqida ko‘raman. Ammo, fikrimcha, bu ikkita butunlay boshqa-boshqa jamoalar.

— Ikkala jamoada ham o‘z futbol dahosi bor.

— Ha, lekin 1986 yilgi jamoa o‘zga sayyoralikka tayangan edi, bugungisi esa insonlar orasida eng birinchisiga suyanmoqda. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilardir.

— Maradona va Messi o‘rtasidagi taqqoslashlar shu yozning eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biri bo‘ldi.

— Ularni o‘zaro solishtiradigan odam juda ahmoqdir va men buni bor hurmatimni saqlagan holda aytyapman. Birinchidan, Messining o‘zi ham bunday taqqoslash noo‘rin ekanligini, chunki Diyego doim birinchi raqamli bo‘lib qolishini aytgan. Ikkinchidan, futbol o‘zgardi. Maydonda deyarli hamma narsaga — oyoq bilan tepish, mushtlashish, qo‘pol to‘qnashuvlarga ruxsat berilgan davrda o‘ynagan futbolchini, oyoq biroz bosib olingani uchun ham penalti belgilanishi mumkin bo‘lgan davrdagi futbolchi bilan qanday solishtirish mumkin? Va uchinchidan, o‘zga sayyoraliklarni insonlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

— Bugun oqshom Messi faoliyatida ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionati finalida maydonga tushadi. Agar u ketma-ket ikkinchi titulni qo‘lga kiritsa — bu hatto otangizga ham nasib qilmagan — u Argentina uchun kimga aylanadi?

— U yanada buyuk va sevimli shaxsga aylanadi, ammo solishtirish masalasida bu hech narsani o‘zgartirmaydi. U xohlasa o‘nta jahon chempionatida g‘olib chiqsin, baribir farqi yo‘q, — dedi kichik Maradona.

Kiritildi: 15:04, 19.07.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик