«Yuventus» himoyachisi Xuan Kabal yaqin kelajakda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli kolumbiyalik futbolchiga Turkiyaning «Beshiktosh» klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchi «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spallettining uzoq muddatli rejalariga kirmaydi. Turin klubi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladigan Kabal bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kabal 2024 yilning yozida «Verona»dan 11 million yevro evaziga «Yuventus»ga o‘tgan edi, biroq jarohatlar tufayli ikki mavsum davomida Turin jamoasi safida barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 28 ta o‘yin o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda himoyachi A Seriyada faqat 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbolchining bozor qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.













