Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Fransiya terma jamoasining Yevro va JCHdagi oxirgi 25 ta goli «Real» va «PSJ» o‘yinchilari tomonidan kiritildi

Fransiya terma jamoasining Yevro va JCHdagi oxirgi 25 ta goli «Real» va «PSJ» o‘yinchilari tomonidan kiritildi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining jahon va Yevropa chempionatlarida urgan oxirgi 25 ta goli «Real» va «PSJ» futbolchilari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Opta X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Joriy turnirda Fransiya terma jamoasi 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Angliyaga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o‘yindagi gollarga Kilian Mbappe (dubl, «Real»), Bredli Barkola va Usmon Dembele (ikkalasi ham «PSJ») mualliflik qilishdi.

Bundan buyon Fransiya terma jamoasida boshqa murabbiy ish boshlaydi. Didye Desham 14 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z lavozimini tark etdi. Desham boshchiligida Fransiya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. Shuningdek, Fransiya 2016 yilgi o‘z uyida o‘tgan Yevro finaliga hamda 2022 yilgi jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan.

Kiritildi: 17:25, 19.07.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик