«Real» va Angliya terma jamoasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello jahon chempionati o‘yinlaridagi taymlar o‘rtasidagi suv ichish uchun pauzalar unga yoqishini aytdi.
— Biznes va ko‘ngilochar dasturlar tufayli deyarli 30 daqiqalik tanaffus bilan o‘tadigan jahon chempionati finali — bu haddan tashqari ko‘p emasmi?
— Hammasi qaysi tomondan qarashga bog‘liq. Masalan, menga murabbiy sifatida taym davomidagi suv ichish uchun pauza juda yoqadi. Maydon katta, ba’zida futbolchilar seni eshitishmaydi, bunday paytda esa ularga ko‘rsatmalar berish imkoni paydo bo‘ladi. Murabbiylar uchun bu haqiqatan ham foydali.
Taymlar o‘rtasidagi tanaffusga kelsak, yarim soat, mening nazarimda, baribir juda ko‘p. Futbolchilar sovib ulgurishadi. Ammo shu bilan birga muhim jihat ham bor: murabbiyda xotirjamlik bilan ko‘rsatmalar berish va o‘zgartirishlar kiritish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi.
U o‘yinga ancha kuchliroq ta’sir o‘tkazishi mumkin, bu esa har qanday uchrashuvning, ayniqsa, jahon chempionati finalining borishini o‘zgartirib yuborishga qodir, – dedi Kapello.













