Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolas Pas 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘z postini e’lon qildi.
«Argentina sharafini himoya qilishdan juda faxrlanaman. Ushbu jamoaning bir qismi ekanimdan xursandman. Barchaga minnatdorlik bildirmog‘chiman. Bizga jahon kubogini qaytarish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga so‘z beraman. Ispaniya terma jamoasini tabriklayman», — deyiladi yarim himoyachining xabarida.
O‘tkazilgan mundialda Nikolas ikkita uchrashuvda maydonga tushib, golli uzatma yoki gol muallifiga aylanmadi.
Final bahsi Argentinaning qo‘shimcha bo‘limdagi minimal, ya’ni 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.













