Ispaniya terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash vaqtida mamlakatdagi favvoraning qulashi oqibatida bir o‘smir halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Europa Press polisiya manbalariga tayanib.
Fojia 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi Syudad-Rodrigo shahrida (Salamanka provinsiyasi) sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Ispaniya terma jamoasining g‘alabasidan ruhlangan yoshlar favvora atrofiga yig‘ilishgan. Konstruksiyaning bir qismi qulab tushgan va toshlardan biri 13 yoshli o‘smirning ustiga tushgan. Unga ko‘rsatilgan yordamga qaramay, uni saqlab qolib bo‘lmadi. Yana uch nafar yosh yigit jarohat olib, og‘ir ahvolda yotibdi.
JCH-2026 finalida Ispaniya qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lgan edi.













