Taniqli ingliz sobiq hujumchisi Alan Shirer Ispaniyaning jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozongan g‘alabasini (1:0) izohladi.
«Natijaning adolatli ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Ispaniya boshidan oxirigacha to‘pni nazorat qilishda ustunlik qildi va futbol o‘ynashga, vaziyatlar yaratishga, o‘yinni keskinlashtirishga intilgan yagona jamoa bo‘ldi. Haqli g‘alaba», – dedi Shirer BBC efirida.
«Qizil furiya» final uchrashuvida darvozaga 20 ta zarba berdi, «albiseleste» esa 120 daqiqa ichida bor-yo‘g‘i ikki marta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.













