UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin prinsipial sabablarga ko‘ra 2026 yilgi Jahon chempionati finaliga bormadi.
Turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
The Times nashrining yozishicha, bir vaqtning o‘zida FIFA vise-prezidenti lavozimini ham egallab turgan Cheferin normal sharoitda stadionda hozir bo‘lishi kerak edi, biroq u Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat fonida ushbu o‘yinga tashrif buyurishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH terma jamoasi hujumchisi Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan o‘yindagi (2:0) qizil kartochkadan so‘ng diskvalifikasiya qilingan edi. Biroq ushbu jazoning to‘xtatilishi ortidan futbolchi JCH-2026 ning Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tusha oldi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Balogunning maydondan chetlatilishi masalasini FIFA rahbari Djanni Infantino bilan muhokama qilganini tan olgan edi.
The Times nashrining yozishicha, ushbu vaziyat FIFA va UYEFA o‘rtasidagi munosabatlarni jiddiy ravishda yomonlashtirgan. Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi Jahon chempionati o‘tkazilishiga siyosiy aralashuvdan juda norozi bo‘lgan.













