Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Nyukasl», «Liverpul», «Man Siti» va Angliya terma jamoasi Kiganning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

«Nyukasl», «Liverpul», «Man Siti» va Angliya terma jamoasi Kiganning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Baho:
+ | -

Kevin Kigan o‘ynagan va boshqargan jamoalar sobiq forvardning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishdi.

Ikki karra «Oltin to‘p» sohibi bugun vafot etdi. U 75 yoshda edi.

«Klubimiz tarixidagi eng afsonaviy, ta’sirli va sevimli siymolardan biri bo‘lgan Kevin Kiganning vafoti haqidagi xabardan qayg‘udamiz. Kevin shunchaki afsonaviy futbolchi va murabbiydan ham ustunroq edi. U «Nyukasl»ning ko‘pgina muxlislari avlodi uchun jamoaning urib turgan yuragi edi», — deyiladi «zag‘chalar» matbuot xizmati xabarida.

««Manchester Siti»dagi barcha sobiq murabbiyimiz Kevin Kiganning 75 yoshida vafot etgani haqidagi xabardan larzaga keldi. Kevin jamoani boshqargan to‘rt yillik faoliyati davomida «Siti»ga optimizm va energiya olib kirgan o‘zgarishlar murabbiyi edi. Yuqori divizionga qaytgan 2001/02 yilgi mavsum hech qachon unutilmaydi, keyingi yillarda esa Kevin bizni yana Premyer-liganing yetakchi jamoalari qatoriga olib chiqdi. Ushbu juda og‘ir damlarda bizning fikrimiz va xayolimiz Kevinning oilasi va do‘stlari bilan», — deb bayonot berdi «Siti».

«Biz afsonaviy Kevin Kiganning hayotdan ko‘z yumganidan chuqur qayg‘udamiz va uning yo‘qotilishidan motamdaamiz. Uning yengilmas ruhi va beqiyos hissasi tariximizda abadiy qoladi, merosi esa mangu yashaydi. Tinchlan, Kevin», — deyiladi «Liverpul» nashrida.

«Biz Kevin Kiganning vafoti haqidagi xabardan juda ham qayg‘udamiz. Kevin 1999 yildan 2000 yilgacha «uch sherlar»ni boshqarishidan oldin, 1972 yildan 1982 yilgacha bo‘lgan davrda terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan edi. Kevinning oilasi, do‘stlari va sobiq klublariga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deb bayonot berdi Angliya terma jamoasi.

Kiritildi: 20:34, 20.07.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик