Londonning «Arsenal» klubi «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Djon Stounzga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun xabar beradi.
«Kanonirlar»ning erkin agent hisoblangan Angliya terma jamoasi futbolchisiga bo‘lgan qiziqishi Vilyam Salibaning jarohati bilan bog‘liq. Fransiyalik futbolchining belida muammolar bor, londonliklarning tibbiy shtabi ushbu masalani batafsilroq o‘rganib chiqadi.
O‘tgan 2025/2026 yilgi mavsumda Djon Stounz barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi. Angliyalik futbolchi 2016 yildan beri «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelayotgan edi va ushbu davr mobaynida olti marta Premyer-liga titulini hamda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.













