Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Gyotse Dortmundning «Borussiya» klubida birga ishlashga muvaffaq bo‘lgan ikki nafar mashhur germaniyalik murabbiy o‘rtasidagi farqni sharhlab o‘tdi. Uning fikricha, ular bir-biridan keskin ajralib turadi.
«Klopp odamlarni, o‘yinchilarni boshqarishda va har bir futbolchidan o‘z imkoniyatlarining yuz foizini siqib chiqarishda ideal edi. Tuxel bilan esa hammasi boshqacha kechgan, ular farqlanadi. U uzoq muddatli strategiyaga urg‘u berardi va o‘sha paytda klubning butun dinamikasini hali to‘liq qabul qilib ulgarmagan edi. Lekin taktik jihatdan u juda intellektli murabbiy edi», — deya Gyotsening so‘zlarini The Athletic keltirmoqda.
Hozirda Mario Gyotse Frankfurtning «Ayntraxt» klubi sharafini himoya qilmoqda.













