Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ispaniyada JCH-2026 g‘alabasini nishonlash chog‘ida 80 dan ortiq odam jarohatlandi, ikki kishi vafot etdi

Ispaniyada JCH-2026 g‘alabasini nishonlash chog‘ida 80 dan ortiq odam jarohatlandi, ikki kishi vafot etdi

Baho:
+ | -1

2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi mamlakat bo‘ylab keng nishonlandi. Biroq ushbu oqshom ko‘plab ko‘ngilsiz hodisalar bilan yakunlandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq odam jarohatlandi, kamida 12 kishi qo‘lga olindi.

Madridda yetti kishi hibsga olindi. Ulardan besh nafari nafrat qo‘zg‘ash, yana ikki nafari jamoat tartibini buzish va polisiya talabiga bo‘ysunmaganlikda gumon qilinmoqda. Shuningdek, 36 nafar jarohatlangan shaxs shifoxonaga olib borildi.

Barselonada uch kishi o‘g‘rilikda gumonlanib qo‘lga olindi. Shifokorlar 29 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatgan, ulardan besh nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Salamanka provinsiyasidagi Syudad-Rodrigo shahrida bayram paytida favvora qulab tushishi oqibatida 13 yoshli bola halok bo‘ldi, yana bir bola og‘ir jarohat oldi. Toledo provinsiyasida esa futbol uchrashuvini tomosha qilayotgan 20 yoshlar atrofidagi yigitning tutqanoq xurujidan vafot etgani ma’lum qilindi. Sesenya shahrida 19 yoshli yigit pichoqlanib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bundan tashqari, Pamplona yaqinida niqobli shaxslar bir guruh harbiylarga hujum qilishi oqibatida olti kishi jarohatlandi. Bilbaoda final uchrashuvi namoyishini buzishga uringan 20 kishi aniqlandi. Valensiyada bayram vaqtida polisiyaga tosh otgan ikki kishi qo‘lga olindi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:32, 20.07.2026.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик