«Manchester Siti» bilan xayrlashganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turgan angliyalik markaziy himoyachi Jon Stouns Angliyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Pensionerlar» yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini tajribali o‘yinchilar bilan kuchaytirishni istashmoqda.
Stouns 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya milliy terma jamoasi sharafini himoya qildi. Britanlar Shimoliy Amerikada o‘tgan mundialning bronza medali sohiblariga aylanishdi.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida himoyachi to‘qqizta bahsda maydonga tushgan.













