Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Men futbolchini yoshiga qarab baholamayman». Portugaliyaning yangi murabbiyi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi

«Men futbolchini yoshiga qarab baholamayman». Portugaliyaning yangi murabbiyi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa sardori va hujumchisi Krishtianu Ronaldu, shuningdek, milliy jamoa tarkibidagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Qaror qabul qilish vaqti kelganda, Krishtianu va boshqa barcha futbolchilar bilan shaxsan suhbatlashaman. Krishtianu — Portugaliya ramzi va uning nomi mamlakat futboli tarixida abadiy qoladi. Men u bilan “An-Nasr”da ishlaganimdan juda mamnunman. Men futbolchini yoshiga qarab baholamayman. Bu Krishtianuga ham tegishli.

Ayrimlar yangi murabbiy kelib, tarkibda katta o‘zgarishlar qiladi, deb o‘ylashi mumkin. Ammo bunday bo‘lmaydi. Men sodda emasman. Qolaversa, hozirgi tarkibga kirmagan ko‘plab futbolchilarni chaqirib ko‘rish uchun yetarlicha vaqtim ham yo‘q. Tanlov doirasi unchalik keng emas», — dedi Jezush Footmercato nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatida uchta gol urdi. Portugaliya terma jamoasi esa 1/8 finalda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:37, 21.07.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик