Ispaniya futbol Federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
As nashrining xabar berishicha, shartnomani yana ikki yilga — Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadigan 2030-yilgi Jahon chempionatiga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Ispaniyani Yevro-2024 va Jahon chempionati—2026 da g‘alabaga olib kelgan 65 yoshli murabbiyning amaldagi shartnomasi 2028-yilgi Yevropa chempionati tugaguniga qadar amal qiladi.
Federasiya prezidenti Rafael Luzan Ispaniya terma jamoasini 2030-yilgi turnirga aynan Luis de la Fuente tayyorlashi kerakligini ta’kidlamoqda.
Shartnomani uzaytirish chog‘ida uning shartlari ham qayta ko‘rib chiqiladi, bu de la Fuentening maoshi oshishini anglatadi.
Muzokaralar yoz oxirida boshlanishi kutilmoqda.













