Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Xalqaro sport matbuoti assosiasiyasi JCH-2026ning eng yaxshi 10 nafar futbolchisini e’lon qildi

Xalqaro sport matbuoti assosiasiyasi JCH-2026ning eng yaxshi 10 nafar futbolchisini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Xalqaro sport matbuoti assosiasiyasi (AIPS) talqiniga ko‘ra, Jahon chempionati–2026ning eng yaxshi futbolchisi deb Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi topildi.

Ovoz berishda 121 mamlakatdan 472 nafar sport jurnalisti ishtirok etdi. Yakunlarga ko‘ra, 39 yoshli argentinalik 1179 ochko to‘pladi. Messi musobaqani 8 ta gol bilan yakunlab, turnir to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni 717 ochko jamg‘argan Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. U musobaqada 10 ta gol urib, Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Uchinchi pog‘onadan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem joy oldi. U 470 ochko to‘pladi.

To‘rtinchi o‘rinni Norvegiya vakili Erling Xoland (460 ochko), beshinchi o‘rinni esa Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal (304) egalladi. Turnirning rasman eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rodri (Ispaniya) 285 ochko bilan oltinchi, Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya esa 189 ochko bilan yettinchi bo‘ldi.

Kuchli o‘nlikdan shuningdek Angliya vakili Xarri Keyn (130), Ispaniya hujumchisi Mikel Oyarsabal (118) va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Maykl Olise (91) ham o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:57, 22.07.2026.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик