Kiyevning «Dinamo» klubi forvardi Matvey Ponomarenko Ukraina Premyer-ligasini Turkiya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Fotomac xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli hujumchining xizmatlariga Istanbulning «Galatasaroy» klubi qiziqish bildirmoqda. Turklar Ponomarenkoni yulduz nigeriyalik forvard Viktor Osimxenga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Galatasaroy» ukrainalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumda Ponomarenko «Dinamo»ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Matvey kiyevliklar jamoasi safida 27 ta uchrashuvda 17 ta gol va bitta golli uzamaga mualliflik qildi.













