Yozgi transferlar oynasida bir qator futbolchilar «Chelsi»ni tark etishi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi allaqachon jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarning narxini belgilab qo‘ygan. «Aston Villa» qiziqish bildirayotgan Nikolas Jeksonning sotuvidan «aristokratlar» taxminan 65 million funt sterling ishlab olishni maqsad qilgan. Shuningdek, jamoani boshqa hujumchilar — Mark Giu va Liam Delap ham tark etishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi uchun klub 25 million funt sterling talab qilmoqda, ingliz hujumchisining narxi esa hali aniqlanmagan.
Bundan tashqari, Alexandro Garnacho 50 million funt sterlingga, Benua Badyashil, Aksel Disasi, Filip Yorgensen, Gabriel Slonina va Trevo Chaloba esa 35 million funt sterlingga baholanib, transferga qo‘yilgan.
Qolaversa, «Chelsi» agar 120 million funt sterling miqdorida taklif tushsa, Enso Fernandesni, 75 million so‘ralsa esa Malo Gyustoni ham sotishga tayyor.













