«Bolonya» himoyachisi Jon Lukumi top-klublar e’tiborini tortishda davom etmoqda.
Corriere di Bologna xabariga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining xizmatiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» bu kurashda «Yuventus» va «Barselona» safiga qo‘shildi.
Jon Lukumi 2022 yilda «Genk»dan «Bolonya»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Lukumi 22 million yevroga baholamoqda.













