Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Yuventus» niderlandiyalik hujumchiga ko‘z tikdi

«Yuventus» niderlandiyalik hujumchiga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Joshua Zirkze faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar short-listidan niderlandiyalik futbolchi joy olgan. «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti uzoq vaqtdan buyon forvardning o‘yin uslubi va iste’dodini yuqori baholab keladi. «Manchester Yunayted» o‘z futbolchisini 35–40 million yevro evaziga sotishga tayyor, biroq ingliz klubi muzokaralarda turli variantlarni ham ko‘rib chiqishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Zirkzee 2024 yilda «Bolonya»dan 42 million yevro evaziga «Manchester Yunayted» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda ingliz klubi safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:37, 22.07.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик