«Xayduk» yarim himoyachisi Adam Guram faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, 17 yoshli ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Shunningdek, joriy yilning aprel boshida professional futboldagi debyutini o‘tkazgan futbolchi Ispaniya, Italiya va Chexiya jamoalari e’tiborini tortishga ulgurdi. Guram Yevropaning eng iste’dodli yosh o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Adam Guram «Shaxtyor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda «Xayduk» safiga erkin agent maqomida o‘tgan. Uning shartnomasi 2027 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan. 17 yoshli Guram «Xayduk»ning asosiy jamoasi tarkibida allaqachon to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishgan.













