Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Klopp Germaniya terma jamoasida ishlash uchun murabbiylar shtabini shakllantirmoqda

Klopp Germaniya terma jamoasida ishlash uchun murabbiylar shtabini shakllantirmoqda

Baho:
+ | -

Sven Bender Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasidagi yordamchisi etib tayinlanishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar yakuniy bosqichda. Shuningdek, Kloppning shtabiga uning ko‘p yillik yordamchilari Piter Kravis va Pepeyn Leynders ham kirishi kerak.

37 yoshli Bender iyul oyi boshida «Unterxaxing» klubini tark etdi, u yerda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishlab kelayotgan edi. Ilgari u Dortmundning «Borussiya» klubi safida Klopp qo‘l ostida to‘p surgan, ikki marta Germaniya chempioni va bir marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan. Faoliyatini yakunlagach, Bender «Borussiya»da Edin Terzich va Nuri Shahinning murabbiylar shtabida ishlagan, shuningdek, Germaniya U-16 o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Piter Kravis germaniyalik mutaxassis bilan birga «Mayns», Dortmundning «Borussiya»si va «Liverpul»da birga ishlagan. Pepeyn Leynders ham uzoq vaqt davomida «Liverpul»da Klopp shtabidan joy olib, bosh murabbiy assistenti lavozimini egallagan. 2024 yilda u Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan edi.

Klopp shu haftadayoq Germaniya futbol ittifoqi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi va juma kuni milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilishi kutilmoqda. U ushbu lavozimda Yulian Nagelsmannning o‘rnini egallaydi.

Kiritildi: 15:47, 22.07.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик