Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Buxoro» o‘z maydoniga qaytmoqda, ammo PFL ogohlantirish berdi

«Buxoro» o‘z maydoniga qaytmoqda, ammo PFL ogohlantirish berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Buxoro futbol akademiyasiga qarashli stadion chimi bilan bog‘liq muammo sabab ushbu arena vaqtinchalik Superliga stadionlari ro‘yxatidan chiqarilgan edi. O‘zPFL matbuot xizmati stadion ahvoli va keyingi uchrashuvlar taqdiri bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Tashkilot xabariga ko‘ra, chim parvarishiga bo‘lgan loqaydlik sabab katta mablag‘ evaziga yangilangan maysa holatida jiddiy salbiy o‘zgarnishlar kuzatilgan. Buxoro futbol akademiyasi stadioni parvarishi uchun zarur texnikani xarid qilish masalasi asossiz ravishda kechiktirilgan.

Shunga qaramay, Liga muxlislar manfaatini inobatga olib, «Buxoro» klubiga mavsumni o‘z shahrida boshlashga ruxsat bergan edi. Biroq keyinchalik bu ishonch oqlanmagach, Superliga 13-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Bunyodkor» uchrashuvi neytral maydonga ko‘chirildi.

Ma’lum qilinishicha, maysa uchun maxsus texnika yaqin kunlarda Buxoro shahriga yetib keladi. Endilikda ushbu texnikadan foydalana oladigan soha mutaxassislari tanqisligini bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«Liga Buxorodagi stadion chimi holatini to‘liq monitoring qilib bormoqda va endilikda Superliga 15-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Lokomotiv» uchrashuvi Buxoro futbol akademiyasida o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Biroq maysa parvarishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, 17-turdagi «Buxoro» — OKMK uchrashuvi va undan keyingi o‘yinlar uchun stadion yana man etiladi», — deyiladi Liga xabarida.

O‘zPFL buxorolik futbol ishqibozlarining xohish-istaklaridan kelib chiqib, viloyat mutasaddilari, futbol assosiasiyasi hamda klub mas’uliyatni to‘liq his qilishiga va maydon ahvoliga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid bildirgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:31, 22.07.2026.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик