«Real Madrid» yarim himoyachisi Federiko Valverde ta’tildan so‘ng klubning Valdebebasdagi mavsumoldi mashg‘ulotlariga qaytdi.
Urugvaylik futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan ko‘rishishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Valverde dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytgan Arda Gyulerdan so‘ng mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilgan ikkinchi terma jamoa a’zosi bo‘ldi.
«Qaymoqranglilar»ning yangi sardoriga aylanishi kutilayotgan urugvaylik yarim himoyachi uchun Jahon chempionati omadsiz kechdi — uning terma jamoasi guruh bosqichidan o‘ta olmagan edi.













