«Tottenxem» Angliyaning 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi sardori, «Vest Xem»ning yosh yarim himoyachisi Isaak Allenning transferiga yaqinlashmoqda va bu poygada «Arsenal»ni ortda qoldirmoqda.
«Kanonirlar» bir necha haftadan beri yuqori baholanayotgan o‘smirni o‘z akademiyasiga qo‘shib olish maqsadida faol harakat qilishayotgan edi. Biroq manbalarning ta’kidlashicha, endilikda «shporlar» futbolchi bilan shartnoma imzolash borasidagi kurashda g‘alaba qozonishlariga amin bo‘lib turishibdi.
Allenning Angliya yoshlar terma jamoasi darajasidagi o‘sishi uni o‘z yosh toifasidagi eng xaridorgir iqtidorlardan biriga aylantirdi va har ikkala London klubi ham uning salohiyatini barvaqt payqashdi.













