Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

De Dzerbi: «Tottenxem» Premyer-liganing eng yuqori o‘rinlari uchun kurashishga munosib deb hisoblayman

De Dzerbi: «Tottenxem» Premyer-liganing eng yuqori o‘rinlari uchun kurashishga munosib deb hisoblayman

Baho:
+ | -

«Tottenxem Xotspur» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klubdagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, «Tottenxem» Premyer-liganing eng yuqori o‘rinlari uchun kurashishga munosib. Premyer-liga juda murakkab musobaqa ekanini juda yaxshi bilaman, ammo agar futbolchilarda kuchli motivasiya, maydonda va maydondan tashqarida yaxshi tashkilotchilik bo‘lsa, tinmay va to‘g‘ri mehnat qilish orqali yakunda o‘z maqsadingga erishasan.

Zimmamda katta mas’uliyatni his qilyapman, chunki «Tottenxem»dagi faoliyatim boshlanishidayoq muxlislar meni juda yaxshi kutib olishdi va yaxshi ko‘rib qolishdi. «Tottenxem» murabbiyi bo‘lish — bu katta zavq. Shu bilan birga, natijalar ko‘rsatish, tribunada o‘tirgan va maydondagi muxlislarda faxr tuyg‘usini uyg‘otish hamda buyuk «Tottenxem»ni barpo etish borasida katta mas’uliyatni tuyayapman», — deydi De Dzerbi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 19:13, 22.07.2026.
O'qildi: 320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик